Eng serqatnov aviayo‘nalish aniqlandi

Eng serqatnov aviayo‘nalish aniqlandi

Routes aviasiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Janubiy Koreyaning Seul – Chedju yo‘nalishi eng mashhur aviaqatnov, deb e’tirof etilgan.

2017 yilda ushbu yo‘nalishdan 13 million yo‘lovchi foydalangan. Melburn – Sidney yo‘nalishi 9 millionga yaqin kishiga xizmat ko‘rsatgani bilan reytingda ikkinchi pog‘onani egallagan. Uchinchi o‘ringa 8,7 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan Yaponiyaning aviaqatnovi munosib ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, reytingga yuzga yaqin aviayo‘nalish kiritilgan bo‘lib ularning faqat 18 tasi xalqaro aeroportlarga tegishli.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!