Endi muhojirlarning noqonuniy yashash joyi haqida xabar bergan rossiyaliklar 100 ming rubl oladi

Endi muhojirlarning noqonuniy yashash joyi haqida xabar bergan rossiyaliklar 100 ming rubl oladi

Davlat Dumasi muhojirlarning noqonuniy yashash joyi haqida xabar berganliklari uchun rossiyaliklarga 100 ming rubl to‘lashni taklif qildi, deb yozadi SHOT.

Tashabbus muallifi, deputat Sergey Karginovning ta’kidlashicha, «chora mamlakat uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan migrant tarmoqlarini aniqlashga yordam beradi».

Karginovning fikricha, mumkin bo‘lgan mukofotni inobatga olgan holda, shahar aholisi muhojirlar noqonuniy yashaydigan «rezina» kvartiralar haqida polisiyaga xabar berishda faollashadi.

U Ichki ishlar vazirligi rahbari Vladimir Kolokoltsev nomiga tegishli murojaatnoma yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!