Eldor Shomurodov: "Raqibning darajasidan kelib chiqsak, yomon o‘ynamadik deb o‘ylayman"

Eldor Shomurodov: "Raqibning darajasidan kelib chiqsak, yomon o‘ynamadik deb o‘ylayman"

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada doirasida O‘zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz "Qizil Furiya"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yindan so‘ng termamiz sardori Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

- Raqibning darajasidan kelib chiqsak, yomon o‘ynamadik deb o‘ylayman. Xatolar evaziga mag‘lub bo‘ldik. Bizning vazifamiz guruhdan chiqish. Ispaniyaga qarshi yigitlar yaxshi harakat qildi. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q. Oldinda ikkita o‘yin bor va mazkur bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!