Ehtiyot bo‘ling! Xavfli virus tarqalmoqda

Ehtiyot bo‘ling! Xavfli virus tarqalmoqda

Ikki mamlakat mutaxassislari yer yuzi bo‘ylab G‘arbiy Nil deya ataluvchi dahshatli virusning tarqalayotganligini ma’lum qilishdi. Qayd etilishicha, virus sabab 21 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ayni paytda infeksiya faqat Ruminiya va Kanada fuqarolariga ta’sir ko‘rsatdi. Ommaviy epidemiya esa hali kuzatilgani yo‘q.

Virus birinchi marta Ruminiyada o‘tgan oyda aniqlangan. Taxminan ikki yuz nafar fuqaro G‘arbiy Nil kasalligiga chalingani qayd etilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiyaning oldini olish maqsadida barcha davlatlarning vakolatli organlariga murojaat qildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, infeksiya chivinlar orqali yuqadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!