Ehtiyojmand fuqarolar karantin vaqtida dorilarni bepul olishi mumkinmi?

Ehtiyojmand fuqarolar karantin vaqtida dorilarni bepul olishi mumkinmi?

Bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. unda yuqoridagi savolga javob berildi.

“1197 raqami ehtiyojmandlar uchun birlamchi ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat, shuningdek, bolalar ozuqasi va surunkali bemorlar uchun dori vositalari bo‘yicha murojaat qilishga mo‘ljallangan. 

Faqat dorilarni yetkazib berish oziq-ovqat kabi tez tashkillashtirilmasligi mumkin, chunki u yashash joyidan poliklinika resepti asosida beriladi.

Jarayon tezroq bo‘lishi uchun siz preparatning aniq nomini, dozasini va qabul qilish davomiyligini aytishingiz kerak, chunki telefonda shifokor yoki farmasevt emas, volontyorlar javob qaytaradi”, - dedi Habibulla Oqilov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!