Efiopiyadagi ko‘chkida kamida 157 kishi halok bo‘ldi

Efiopiyadagi ko‘chkida kamida 157 kishi halok bo‘ldi

Efiopiya janubida sodir bo‘lgan ko‘chkilar oqibatida ikki qishloqdan kamida 157 kishi halok bo‘ldi. Ko‘chkilar 21 iyul kuni kechqurun va 22 iyul kuni ertalab Gofa zonasining olis tog‘li hududida kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan.

Mahalliy hokimiyat vakillarining ma’lum qilishicha, omon qolganlarni qidirish davom etmoqda, biroq qurbonlar soni yanada ortishi mumkin.

Gofa zonasi bosh ma’muri Meskir Mitku qurbonlar orasida ayollar, bolalar va polisiyachilar borligini aytdi.

“[Dushanba kuni] ertalab mahalliy aholi, jumladan polisiyachilar birinchi ko‘chkidan jabrlanganlarni qutqarish uchun maydonga yig‘ildi. Soat 10:00 atrofida ikkinchi ko‘chki sodir bo‘lgan va u yerda yig‘ilganlar ham halok bo‘lgan”, — dedi u.

Gofa - Janubiy Efiopiya shtatining bir qismi, poytaxt Addis-Abebadan taxminan 320 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) ma’lumotlariga ko‘ra, janubiy Efiopiya so‘nggi oylarda kuchli yomg‘ir va toshqinlardan ayniqsa jabr ko‘rgan hududlardan biridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!