Efiopiyada qutqaruvchilar guruhini ishlayotgan paytda ko‘chki bosdi

Efiopiyada qutqaruvchilar guruhini ishlayotgan paytda ko‘chki bosdi

Efiopiyaning chekka bir mintaqasida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan ko‘chkilar qurbonlari soni 229 nafarga yetdi, ular orasida qutqaruvchilar ham bor. Bu haqda mahalliy hokimiyat xabar bermoqda.

Fojia Efiopiyaning janubi-g‘arbiy qismida sodir bo‘ldi. Hafta boshida rasmiylar 55 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan, biroq qurbonlar soni keskin oshgan. Gofa hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ushbu ishda yordam berish uchun federal ishchi guruh yuborilgan.

Hozircha qancha odam bedarak yo‘qolganligi ma’lum emas, ammo ular orasida fojiadan keyin omon qolganlarni qidirayotgan qutqaruvchilar ham bor. Dushanba kuni qutqaruv guruhi ishlayotgan paytda yangi ko‘chki bosdi.

«O‘lgan qarindoshlarining jasadlarini quchoqlab o‘tirgan bolalar bor, ular butun oilasini, jumladan onasi, otasi, aka-uka va singlisini yo‘qotib qo‘yishmoqda», dedi Gofa mintaqasidagi tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi direktori Markos Melese Associated Pressga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!