Dunyodagi eng yosh milliarder ayol koronavirus bilan kurashish uchun qancha xayriya qildi?

Dunyodagi eng yosh milliarder ayol koronavirus bilan kurashish uchun qancha xayriya qildi?

Amerikalik model Kayli Jenner koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga himoya kiyimlari va niqoblar sotib olish uchun bir million dollar ajratdi. Bu haqda amerikalik akusher-ginekolog Tais Aliabadi o‘z Instagram’ida ma’lum qildi.

Tibbiyot xodimi Kayli Jennerni «Erdagi go‘zal farishta» deb atadi.

«Sen mening qahramonimsan. Bu xayriya ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin», — deydi akusher-ginekolog.

Jennerning o‘zi shifokorning posti ostida izoh qoldirib, uni yaxshi ko‘rishini bildirgan hamda o‘z ishini sidqidildan amalga oshirayotgani uchun minnatdorchilik izhor etgan.

Realiti-shou yulduzi hisoblangan Kayli Jenner o‘zining shaxsiy kosmetik brendiga asos solgan. U bir yil avval dunyodagi eng yosh milliarder ayol deb topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!