Dunyoda neft narxi 2014 yildan buyon maksimal darajada qimmatladi

Dunyoda neft narxi 2014 yildan buyon maksimal darajada qimmatladi

Jahon bozorida neft narxi 1 barrel uchun 89,5 dollargacha qimmatladi. Bu 2014 yildan buyon qayd etilgan eng qimmat narxdir. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Ekspertlar mahsulotga bo‘lgan talabning ortgani sabab neft narxi joriy yilning birinchi choragida 100 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Shu kunlarda neft narxi ko‘tarilishiga esa bir qator konkret omillar ham sabab bo‘ldi. Masalan, 18 yanvar kuni Iroq – Turkiya yo‘nalishidagi Kirkukdan kelayotgan neft o‘tkazgichda avariya sabab yong‘in sodir bo‘lgan. Bu esa jahon bozorida xomashyo narxiga ta’sir qilgan.

Shuningdek, BAAda sodir bo‘lgan portlashlar, xususan, yoqilg‘i mashinalarining yonib ketishi, Rossiya atrofidagi siyosiy xavotir ham narx ko‘tarilishiga xizmat qilgan. Chunki bu ikki davlat yirik neft ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!