Dori-Darmon kompaniyasi 2019 yilni 48,3 milliard so‘m zarar bilan yakunlaganini ma’lum qildi

Dori-Darmon kompaniyasi 2019 yilni 48,3 milliard so‘m zarar bilan yakunlaganini ma’lum qildi

Dori-Darmon aksiyadorlik kompaniyasi 2019 yilni 48,3 milliard so‘m zarar bilan yakunladi. Bu haqda 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Taqqoslash uchun, kompaniyaning 2018 yildagi zarari 56,2 milliard so‘mni tashkil etgan. Shu bilan birga, 2017 yil 10,4 milliard so‘m, 2016 yil esa 28,5 milliard so‘m miqdoridagi foyda bilan yakunlangan.

Yig‘ilishida 2014–2016 yillarda aksiyadorlar (ularning vorislari, merosxo‘rlari) tomonidan talab qilinmagan dividendlarni Dori-Darmon uchun daromad sifatida qabul qilingan umumiy qiymati 8,95 milliard so‘mni kompaniya tasarrufida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, kompaniyaning kuzatuv kengashining yangi a’zolari quyidagi tarkibda tasdiqlandi:

  • Shorahmetov Shohrux Shoturg‘unovich – sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari;
  • Rizayev Kamol Saidakbarovich – Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri;
  • Yusupaliyev Bahodir Qahramonovich – sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologiya va aholi salomatligi xizmati boshlig‘i;
  • Jumanazarov Yunusbek Rahimboyevich – Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i;
  • Tugizbayev A’zam Abduraimovich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligining bosh mutaxassisi;
  • Azimov Dilshod Abduhakimjon o‘g‘li – Monopoliyaga qarshi qo‘mita bo‘limi boshlig‘i;
  • Shohidoyatov Kamoliddin Sirojiddinovich – National Investments MCHJ direktori;
  • Mustafoyev Zafar Bo‘riboyevich – «O‘zbek Lizing Xalqaro» AJ bosh direktori;
  • Fayziyev Mirmasud Solihovich – Vessel Pharma MCHJ loyiha direktori.
  • Solihboyeva Umida Saidovna 2019 yil fevral oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Dori-Darmon tarmog‘i boshqaruvi raisi lavozimini saqlab qoldi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!