Dollar kursi yil oxirida qanchagacha ko‘tariladi?

Dollar kursi yil oxirida qanchagacha ko‘tariladi?

Markaziy bankning “2019 yil III chorakdagi aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyasion kutilmalari” hisobotiga ko‘ra, aholi O‘zbekistonda dollar narxi joriy yil oxiriga borib 9837-9895 so‘mgacha bo‘lishini kutmoqda.

«So‘rov ishtirokchilarining valyuta kursi bo‘yicha kutilmalari kelgusi davrlarda milliy valyutaning tebranuvchanlik darajasiga nisbatan noaniqlik ta’siri ostida shakllandi», - deyiladi hisobotda.

Shunday qilib, aholining 2019 yil yakuniga ayirboshlash kursi bo‘yicha kutilmalari sentyabrda o‘rtacha 1 AQSh doll. 9 837 so‘mga, tadbirkorlar kutilmalari esa o‘rtacha 1 AQSh doll. 9 895 so‘mga teng bo‘ldi.

MB so‘rovida butun respublika bo‘ylab 900 nafar jismoniy shaxs hamda 375 nafar yuridik shaxs ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!