Diqqat! Oliy diniy ta’lim muassasalari uchun qabul imtihoni kunlari e’lon qilindi

Diqqat! Oliy diniy ta’lim muassasalari uchun qabul imtihoni kunlari e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlarini o‘tkazish kunlari belgilangan.

Jumladan, qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga o‘tkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi. Qabul imtihonlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda o‘tkazish belgilandi.

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

2020 yil 3 sentyabr “Hadis va mustalah al-hadis” (ijodiy imtihon).
Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.

2020 yil 4 sentyabr “O‘zbekiston tarixi” (test sinovi).
Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi hovlisi.

 Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bo‘yicha:

2020 yil 7 sentyabr “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari (test sinovi).
Imtihon o‘tkazish joyi – Hazrati Imom majmuasi ochiq maydon qismi.

Mir Arab oliy madrasasi bo‘yicha:

2020 yil 10 sentyabr “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari (test sinovi).
Imtihon o‘tkazish joyi – Mir Arab oliy madrasasi binosi ochiq ayvon qismi.

Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda qabul imtihonlariga kiritiladi:

- dizenfeksiya tonnelidan o‘tkaziladi;

- tana harorati masofadan o‘lchash qurilmasi orqali o‘lchanadi;

- tibbiy niqob, qo‘lqop va kepka bilan ta’minlanadi.

Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan joyga kiritish ertalab soat 6:00 dan 6:30 gacha davom etadi, 6:30 dan 7:00 gacha savollar kitobchalari va javoblar varaqasini tarqatish, javoblar varaqasini to‘ldirish tartibi tushuntiriladi.

Test sinovlari ertalab 7:00 dan 9:20 gacha davom etadi, test sinovlari boshlangandan keyin kelgan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.

Abituriyentlar qabul imtihonlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va imtihonga kirish ruxsatnomasi bilan kelishi shart. Mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda abituriyent imtihonlarga qo‘yilmaydi.

Imtihonga kirish ruxsatnomasi qabul.muslim.uz portali orqali abituriyent tomonidan chiqarib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, qabul imtihonlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun alohida joylar tayyorlanmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!