Denovda jirkanch "savdo": 2 yashar o‘g‘ilning narxi 5 mln so‘m?!

Denovda jirkanch "savdo": 2 yashar o‘g‘ilning narxi 5 mln so‘m?!

Qashqadaryo viloyatida yashovchi 27 yoshli ayol 2 yosh-u yetti oylik o‘g‘lini Surxondaryo viloyati Denov tumani hududida mijozga 5 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Denov tumanida joriy yilning 21 yanvar kuni soat 18:00da Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li va chegara hudud Sina tezkor bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, o‘tkazilgan tadbir davomida Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumanida yashovchi, 27 yoshni qarshilagan X.S. qaramog‘idagi 2 yosh-u yetti oylik voyaga yetmagan o‘g‘lini mijozga tumanning “Bahoriston” mahallasi hududida joylashgan oshxonalarning birida besh million so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. 

X.S.ga nisbatan 2020 yilning 3 fevral kuni Denov tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!