Dehqonobod tumani hokimi endi maktabda dars beradi

Dehqonobod tumani hokimi endi maktabda dars beradi

Dehqonobod tumani hokimi yangi tashabbusga qo‘l urdi: tumandagi 23-maktabning eng a’lochi sinfiga bir vaqtning o‘zida o‘qituvchilik, rahbarlik va homiylik qiladigan bo‘ldi.

Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 4 sentyabr kuni tumanning Beshbuloq shaharchasidagi 23-umumta’lim maktabining "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi. 

Hokim dars avvalida o‘quvchilarga maktab ta’limining inson hayotidagi ahamiyati haqida so‘z ochib, maktabda yaxshi ta’lim olish inson kelajagini belgilab berishini ta’kidladi. 1-sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘asini topshirdi. 

Tuman hokimi dars yakunida yangi tashabbusni ilgari surdi. Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, maktabning 5-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi reytingi yuqori, eng a’lochi va jamoatchi sinfni otaliqqa oladigan bo‘ldi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!