Davlat raqobat qo‘mitasi «Sayohat» mehmonxonasini sotuvga qo‘ydi

Davlat raqobat qo‘mitasi «Sayohat» mehmonxonasini sotuvga qo‘ydi

Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan sotilishi belgilangan davlat aktivlarini ommaviy savdolarga orqali sotib olishga taklif etmoqda. Bu haqda raqobat qo‘mitasi axborot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Erkin savdoga qo‘yilgan ob’ektlar orasida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Sayohat» mehmonxonasi, Olmazor tumanidagi «Marhamat» kafesi binosi, Yunusobod tumanidagi  «Matbuot tarqatuvchi» AJ binosi ham bor.

«Batafsil ma’lumot uchun Boshqarmaning (71) 233-35-08, 233-21-40 raqamlariga murojaat etishingiz hamda www.gkk.uzwww.gkk.tashkent.uz veb saytlaridan ma’lumot olishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!