Daniyalik radikal siyosatchi Qur’onga yana hurmatsizlik qildi

Daniyalik radikal siyosatchi Qur’onga yana hurmatsizlik qildi

Daniya poytaxti Kopengagenda radikal siyosatchi Rasmus Paludan Qur’oni Karimni osmonga irg‘itgandan keyin kelib chiqqan to‘polon tufayli polisiya 23 kishini ushlagan. Bu haqda Yevronyus xabar bermoqda.

Stram Kurs partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan musulmonlar zich yashaydigan Noerrebro mavzesiga kelib, Qur’oni Karimni osmonga irg‘itgan, shundan keyini muqaddas kitobni oyog‘i bilan ezgan.

Mamlakat bosh vaziri Lars Lyokke Rasmussen Paludanning harakatini ma’nosiz provokasiya deb atab, uni xalq orasida fitna tarqatishga urinishda aybladi.

Rasmus Paludan 22 mart kuni Daniya parlamenti oldida o‘qilgan juma namoziga e’tiroz bildirib, Qur’oni Karimni yoqqan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!