Daniyada koronavirus tufayli o‘ldirib, ko‘mib yuborilgan qorako‘zanlar «tirildi»

Daniyada koronavirus tufayli o‘ldirib, ko‘mib yuborilgan qorako‘zanlar «tirildi»

Daniyada koronavirusning mutasiyalangan versiyasi qorako‘zanlarda aniqlanganidan so‘ng virusni yuqtirgan barcha hayvonlar 2020 yilning noyabr oyi o‘rtalarida o‘ldirilgan edi.

Qorako‘zanlar tanasi ko‘milgan, ammo unchalik ham chuqurga emas. Chirish jarayonida gazlar ajralgan, shu tufayli o‘limtiklar yer yuzasiga chiqib qolgan.

Bir necha ming qorako‘zanlar harbiy poligonda 1 metr chuqurlikdagi «ommaviy qabr»ga ko‘milgan.

«Hayvonlarning chirishi natijasida gaz paydo bo‘lishi mumkin. Bu ularning hajman kengayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham eng yomon holatlarda qorako‘zanlar tanasi yerdan siqib chiqariladi», − deydi Milliy polisiya vakili Tomas Kristensen.

Polisiya buni tabiiy jarayonligi va qabrlarni ko‘proq tuproq bilan qoplash kerakligini ta’kidladi, chunki G‘arbiy Yutlandiyaning tuprog‘i juda yengil.

Daniya Atrof-muhit vazirligi ushbu hodisani «chirish bilan bog‘liq vaqtinchalik muammo» deb atadi. Hayvonlar va insonlar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish uchun hudud panjara o‘rnatilgunga qadar 24 soat davomida nazorat qilinadi.

Kristensenning so‘zlariga ko‘ra, chirigan jonzotlarning tanasi insonlar uchun xavfli emas, ular dafn etilguncha dezinfeksiya qilingan va ohak bilan qoplangan. Virus esa asosan havodan nafas oladigan qorako‘zanlar orqali yuqishi mumkin.

Shuningdek, mahalliy OAVlarining xabar berishicha, qorako‘zanlar ko‘llar va yerosti suvlariga yaqin joyga ko‘milgan bo‘lishi ham mumkin. Bu esa oqava va ichimlik suvlarining ifloslanishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!