Dahshat! O‘g‘ri sotuvchi ayolni skotch bilan o‘rab tashlab, yoqib yubordi

Dahshat! O‘g‘ri sotuvchi ayolni skotch bilan o‘rab tashlab, yoqib yubordi

Bu voqea AQShning Texas shtatida sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

To‘pponcha bilan qurollangan jinoyatchi do‘konga kirib, 800 dollar o‘g‘irlagan. Jinoyatni sodir etishdan oldin u o‘sha do‘kondan zajigalka sotib olgan.

Dalillarni yo‘q qilish uchun esa sotuvchi ayolni yoqib yuborishga qaror qilgan. Ayolni skotch bilan o‘rab, ustiga tez yonuvchan suyuqlikni sepgan va yoqib yuborgan.

Jabrlanuvchi olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Kasalxonaga esa bosh kuyishi bilan olib ketilgan.

Polisiya xodimlari tajovuzkorni hibsga olishdi. U 40 yoshli mahalliy fuqaro bo‘lib chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!