D vitamini koronavirusning oldini olmasligi ma’lum bo‘ldi

D vitamini koronavirusning oldini olmasligi ma’lum bo‘ldi

Besh mamlakat olimlarning birlashgan guruhi D vitamini COVID-19’ning oldini olishda foydasiz ekanini isbotladi.

Mutaxassislar D vitamini darajasi, koronavirusga sezuvchanlik va COVID-19 simptomlarining og‘irligi o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini baholash uchun Mendeleev randomizasiyasini o‘tkazdi.

D vitaminining COVID-19’ga ta’siri haqida ko‘proq bilish uchun tadqiqotchilar genetikaga murojaat qildi.

Kanada, Yaponiya, Isroil, Italiya va Buyuk Britaniya olimlari Mendeleev randomizasiyasi yordamida 11 mamlakatdan COVID-19 bilan kasallangan 4 mingdan ziyod odam va kasallanmagan 1,3 million odam DNKsini tahlil qildi.

Ular D vitaminining yuqori darajalariga bo‘lgan genetik moyillik kasallikning rivojlanishi va uning natijasi bilan bog‘liq yoki yo‘qligiga qiziqdi.

«Ushbu tadqiqotda biz 25OHD darajasi va koronavirusga sezuvchanlik, COVID-19 simptomlarining og‘irligi, uning oqibatida kasalxonaga yotqizish holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni qo‘llab-quvvatlovchi dalil topmadik. Shuning uchun D vitamini COVID-19 oqibatlarining yomonlashuviga qarshi himoya sifatida genetik dalillar bilan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Randomizasiya ostida o‘tkaziladigan COVID-19 tadqiqotlarida boshqa terapevtik yoki profilaktika vositalariga ko‘proq e’tibor qaratish lozim», — deydi mutaxassislar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!