Chilonzordagi kafeda yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. IIBB kafega o‘t qo‘yilganini aytmoqda

Chilonzordagi kafeda yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. IIBB kafega o‘t qo‘yilganini aytmoqda

Bugun, 27 fevral kuni Chilonzor tumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Yahyojon Abdulhaqov, Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov va uning o‘rinbosari Ikrom Narimov hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida Qizil Sharq mavzesidagi "Shovotlandiya" kafesiga o‘t qo‘yish bilan bog‘liq jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Chilonzordagi kafeda yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. IIBB kafega o‘t qo‘yilganini aytmoqda

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan xabarda aytilishicha, birlamchi ma’lumotga ko‘ra mazkur kafeda sodir bo‘lgan yong‘in shu yerda ishlagan va yashagan besh nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan.

Chilonzordagi kafeda yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. IIBB kafega o‘t qo‘yilganini aytmoqda

“Tadbirda ishtirok etgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari umumiy ovqatlanish joylari rahbarlariga murojaat qilib, o‘z ishchilarini ijtimoiy himoya qilinishiga mas’ul ekanliklarini, xodimlar noturar binolarda yashamasliklari uchun yashash joyi bilan ta’minlashlarini, xodimlarni ishga yollashda ularni to‘liq tekshirishlarini so‘rashdi. Ishchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazishlarini, ularning muammolarini aniqlab, bartaraf etish choralarini ko‘rish lozimligini ta’kidlashdi. Shuningdek, muhokamada ishtirok etgan mahalla vakillariga yuzlangan ichki ishlar organlari va prokuratura vakillari, o‘z hududlarida notanish va shubhali shaxslarni ko‘rganida yanada e’tiborli bo‘lishga da’vat etishdi”, deyiladi xabarda.

Chilonzordagi kafeda yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. IIBB kafega o‘t qo‘yilganini aytmoqda

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 27 fevral soat 03:51da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “Sharq” MFY, Guliston ko‘chasi 9A-uy manzilida joylashgan “Shovotlandiya-1” MCHJ kafesida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 4ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilib, birinchi bo‘linmalar chaqiruv manziliga soat 03:54da yetib borgan. Soat 04:11da yong‘in qurshab olinib, soat 04:37da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida kafening tom qismi hamda ichki jihozlari 150 kvadrat metr maydoni yonib jiddiy zararlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!