Buxorolik erkak kechqurun masjidga o‘g‘irlikka tushdi

Buxorolik erkak kechqurun masjidga o‘g‘irlikka tushdi

2020 yilning 28 sentyabr kunidan 29 sentyabr kuniga o‘tar kechasi, Romitan tumani Azizon MFY Sarbiston qishlog‘ida joylashgan “Xo‘ja Ali Romitaniy” masjidiga noma’lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirib,  u yerda bo‘lgan 3 dona ehson qutilarni buzib ochib, ehson qilingan barcha pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tegov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borildi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan O.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Hozirgi kunda gumonlanuvchi O.A. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!