Buxorolik erkak begona ayolning uyini sotib yubordi

Buxorolik erkak begona ayolning uyini sotib yubordi

2019 yil 3 iyun kuni Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 41 yoshli  S.J. IIBga murojaat qilib, shu yil 1 may kuni Buxoro tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 44 yoshli J.S. unga 54 yoshli O.Q. ismli ayolga tegishli O.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan uyni o‘ziniki ekanligini aytganini va ushbu uyni sotaman deb undan kelishilgan umumiy 255 million so‘m pullarini olib, shu kunga qadar uyni uning nomiga rasmiylashtirib bermayotganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.S.qo‘lga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!