Buxoroda o‘z uyida qimorxona tashkil qilgan qimorbozga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda o‘z uyida qimorxona tashkil qilgan qimorbozga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2019 yil 13 avgust kuni soat taxminan 01:30larda tungi guruhga jalb qilingan G‘ijduvon tumani IIB hodimlari tomonidan Paxtaobod mahallasida yashovchi, yakka tartibda ishlovchi, 28 yoshli F.M o‘z uyida tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini tashkil qilib, fuqarolar E.V, M.H va X.D.larning mazkur o‘yinni o‘ynashlari uchun mehmonxonasidan joy ajratib, sharoit yaratib bergan holda qimorxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati IIBning Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, F.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!