Buxoroda paxtani payhon qilgan qo‘ylar joyida so‘yib tashlandi (foto)

Buxoroda paxtani payhon qilgan qo‘ylar joyida so‘yib tashlandi (foto)

2018 yil 1 oktyabr kuni soat 07-00larda Peshko‘ tumani Xurram mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro Tavakkal To‘yev hamda shu manzilda yashovchi Nodir Yuldashevlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan 6 bosh qo‘y va echkilarini qarovsiz qoldirganliklari oqibatida ushbu chorva mollari “Nodirbek Dilnura” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasini payxon qilganligi aniqlangan. 1 bosh qo‘y va 1 bosh echki so‘yilib, hududdagi kam ta’minlangan oilalarga tarqatilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qildi.

Shuningdek, 2018 yil 4 oktyabr kuni Buxoro tumani Talaliyon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro Shavkat Tursunov o‘ziga tegishli bo‘lgan 1 bosh yirik shoxli qoramoli va 1 bosh qo‘yini “Yurinpoyon yeri” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasiga boqib payxon qilganligi aniqlangan. 1 bosh qo‘y so‘yilib, hududdagi 38-son maktabgacha ta’li m muassasasiga topshirilgan.

Ikkala holta yuzasidan ham O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

104-moddaga ko‘ra, chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi, ko‘chatlarga shikast yetkazishi fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari (184 300 so‘m)dan uch baravari (552 900 so‘m)gacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!