Stoltenberg: Ukraina NATOga kirishi tinchlikning eng yaxshi kafolati

Stoltenberg: Ukraina NATOga kirishi tinchlikning eng yaxshi kafolati

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ta’kidlashicha, Ukrainaning NATOga qabul qilinishi mamlakatda barqaror tinchlik o‘rnatish va xavfsizlikni ta’minlash kafolati hisoblanadi.

- Ukraina NATOga a’zo bo‘lmasdan turib barqaror tinchlikka erisha olmaydi, - dedi u nemis matbuotiga bergan intervyusida. - Bizning eshiklarimiz ochiq, Ukraina ittifoqqa a’zo bo‘ladi. Bu davlatga qurol yetkazib berish xavfsizlik kafolatini ta’minlash uchun zarur. Jarayon qanday shakllantirilishini yetakchi ittifoqchilar, jumladan AQSh muvofiqlashtirishi kerak. NATOning 5-moddasini joriy etish Ukraina uchun eng yaxshi kafolat bo‘ladi.

Shu bilan birga Bosh kotib alyansga qo‘shilish uchun barcha a’zolar bir ovozdan rozi bo‘lishi shartligini ham eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!