Kursk viloyatining Korenevskiy tumani aholisi Putinga jamoaviy murojaat qildi

Kursk viloyatining Korenevskiy tumani aholisi Putinga jamoaviy murojaat qildi

Shu so‘zlar bilan boshlanadi: «Korenevo qishlog‘ida bir kundan beri Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlari umuman yo‘q edi, ammo barcha do‘konlar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, dorixonalar va sog‘ qolgan turar-joy binolari ochilib, talon-taroj qilindi».

Hudud aholisi o‘z murojaatida Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari tomonidan ommaviy jinoyatlar sodir etish, xususan: talon-taroj qilish, bosqinchilik, mahalliy aholiga nisbatan zo‘ravonlik, avtomashinalar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini o‘g‘irlash, hattoki otishma haqida faktlar borligini aytgan.

Mahalliy aholi harbiy polisiyaning sodir etilayotgan jinoyatlarga munosabat bildirmayotganini ham ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!