Ozarbayjon Konstitusiyaviy sudi parlament saylovi natijasini tasdiqladi

Ozarbayjon Konstitusiyaviy sudi parlament saylovi natijasini tasdiqladi

Mamlakat nashrlari yozishicha, Konstitusiyaviy sud Plenumi majlisida Markaziy saylov komissiyasi bayonnomasi ko‘rib chiqilgan.

Konstitusiyaviy sud raisi Farhod Abdullayev e’lon qilgan saylovning umumiy yakuni to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, 1 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Milliy Majlisga navbatdan tashqari saylov natijasi rasman tasdiqlandi.

Qayd etish kerak, parlamentdagi 125 o‘rin uchun 990 nomzod kurash olib bordi. Saylovda Prezident Ilhom Aliyev boshchiligidagi hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasi Milliy Majlisda 68 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 44 nafar mustaqil nomzod ham parlamentga saylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!