"Urush ertaga tugaydigandek": Rossiya armiyasining hujumlari intensivligi keskin oshib ketgan

"Urush ertaga tugaydigandek":  Rossiya armiyasining hujumlari intensivligi keskin oshib ketgan

DeepState tahlilchilariga ko‘ra, So‘nggi 5 oy ichida Rossiya armiyasining hujumlari intensivligi 39 foizga oshdi.

Rossiya armiyasining o‘rtacha kunlik hujumlar soni 50 taga ko‘paydi: joriy yilning may oyida 122 ta hujum qayd etilgan bo‘lsa, sentyabr oyining ilk 19 kunida 170 taga yaqin hujum sodir etilgan.

Kecha so‘nggi vaqtlar uchun rekord o‘rnatildi — so‘nggi 24 soat ichida 226 ta zarba berildi.

Reuters shuningdek, hujumlar xarakterining o‘zgargani haqida yozmoqda: xabarda yozilishicha motorli bo‘linmalar piyodalar bilan almashtirilmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk operasiyasi boshlangandan so‘ng, ruslar "urush ertaga tugaydigandek" zaxiralardan tez-tez foydalanishni boshladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!