Buxoroda bojxona nazorati ostidagi «bug‘doy» va «kepak» tovarlarini noqonuniy tarzda pullash holati aniqlandi

Buxoroda bojxona nazorati ostidagi «bug‘doy» va «kepak» tovarlarini noqonuniy tarzda pullash holati aniqlandi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda «Kogon» TIF bojxona posti xodimlarining o‘zaro hamkorligida bojxona tartib-tamoyillarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishga barham berildi.

2023 yil va joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Qozog‘iston Respublikasidan jami 9 852,5 tonna bug‘doy «Bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan holda olib kelingan.

Bojxona organlari tomonidan yaratilgan yengilliklardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadida bo‘lgan «tadbirkor» bug‘doy va uni mahsulotini qayta ishlash natijasida tayyor bo‘lgan kepak va yemli chiqindilarni yakuniy bojxona rejimiga rasmiylashtirmasdan turib sotib yuborganligi aniqlandi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur tovarlarga nisbatan qo‘shimcha 359 mln. so‘m miqdorda qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblangan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!