Buxoroda aldov yo‘li bilan olingan 66 ming dollarni «eb yuborgan» to‘rt ayol qo‘lga olindi

Buxoroda aldov yo‘li bilan olingan 66 ming dollarni «eb yuborgan» to‘rt ayol qo‘lga olindi

Buxoro shahrida 2017 yil iyun oyidan 2018 yil 18 sentyabrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Xorazm ko‘chasida yashovchi N.H. ismli ayol tanishlari — Z.A., SH.I., Z.D. ismli ayollar va boshqalar bilan birga fuqaro M.M.ga bankdan davlat kursida AQSh dollari olib berishlikni hamda xorijiy davlatlardan AQSh dollarini uning hisobiga o‘tkazib berishlikni aytgan.

Ular shunday deb, aldov yo‘li bilan M.M.ning jami 66 ming 640 AQSh dollari va 71,9 million so‘m pullarini olib, bergan va’dalarini bajarmagan, pullarni ham qaytarib bermagan.

«Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha ayollar qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017 yil sentyabridan valyuta liberalizasiyasi boshlangan bo‘lib, ushbu islohot «davlat kursi» va «bozor kursi» degan tushunchalarni amalda yo‘qqa chiqardi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!