Buxoroda 3 yoshli qizaloq tiriklayin yonib ketdi

Buxoroda 3 yoshli qizaloq tiriklayin yonib ketdi

20 fevral kuni Buxoro shahridagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘inda uch yoshli qizaloq vafot etdi.

IIVning xabariga ko‘ra, 20 fevral kuni Buxoro shahrida yashovchi SH.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan. Hodisa natijasida uyning 7 kv. metr maydoni yonib zararlangan.

Shuningdek, 3 yoshli qiz kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, ammo, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Yong‘in nazoratsiz qoldirilgan qizaloqning gugurt o‘ynaganligi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!