Bugundan yuridik texnikumlarga qabul boshlanadi

Bugundan yuridik texnikumlarga qabul boshlanadi

Xabaringiz bor, respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

- davlat huquqiy faoliyat;

- yuridik xizmat;

- sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish joriy yil 1 avgustdan 20 avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!