Britaniyadagi islom merosi jamg‘armasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi nodir asarlar tadqiq etiladi

Britaniyadagi islom merosi jamg‘armasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi nodir asarlar tadqiq etiladi

Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi Angliya va Uelsda ro‘yxatdan o‘tgan notijorat fond hisoblanadi.

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi boshqaruv direktori Sali Shaxsivari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi qadimiy qo‘lyozmalarni tadqiq etish, ularning eng sifatli faksimile nusxalari olish, umumlashtirilgan kataloglarni tayyorlash hamda alohida kitob holatida nashr etish masalalari muhokama qilindi.

Sali Shaxsivari Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi O‘zbekistonning yetakchi ilmiy tashkilotlari bilan har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv natijasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi va Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi bilan birgalikda mamlakatimizdagi diniy-ma’rifiy, ilmiy markazlar taqdimotlarini Londonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Al-Furqon islom merosi jamg‘armasi Angliya va Uelsda ro‘yxatdan o‘tgan notijorat fond hisoblanadi. U 1988 yilda Yamani madaniyat va xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan. Fond Islom yozma merosini o‘rganish, saqlash, va nashr etish hamda bu boradagi tadqiqotlarga ko‘maklashish maqsadida ta’sis etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!