Bosh vazir o‘tkazgan yig‘ilishda Viloyati hokimi o‘rinbosari va Prokuror “almashdi”

Bosh vazir o‘tkazgan yig‘ilishda Viloyati hokimi o‘rinbosari va Prokuror “almashdi”

Bugun Surxondaryo viloyatida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilish bo‘lgani aytilmoqda.

Unda, Viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Oxunov lavozimdan olingani va boshqa o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, ayni shu yig‘ilishda Viloyat prokurori O‘ktam Saidov ham lavozimidan olingan hamda boshqa ishga o‘tgani ta’kidlangan.

Bugun, 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Adminstrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ham qatnashgan.

Shu kunning o‘zida bu ikki lavozimga yangi rahbarlar ham tayinlangan. Jumladan, Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Rahmatulla Gapparov ish boshlagan.

Surxondaryo viloyati prokurori esa Ulug‘bek Qosimov tanishtirilgan.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!