Bosh prokuratura 81 ta daraxtlarning kesilganiga jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Bosh prokuratura 81 ta daraxtlarning kesilganiga jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Yakkasaroy tumani “Yunus Rajabiy” mahallasida ko‘p yillik 81 ta daraxtlarning kesilganligi holati yuzasidan tekshirish o‘tkazildi.

Natijalariga ko‘ra, Yakkasaroy tumani hokimligi va “B. And S.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiist’emol qilish) va 198-moddasi (Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-darahtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov davomida jami 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m miqdorda yetkazilgan zarar undirilishi ta’minlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!