Bolalar bog‘chasiga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga olindi

Bolalar bog‘chasiga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga olindi

Vobkent tumanida yashovchi fuqaro M.A. 2020 yil 28 mart kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 26 mart kuni soat 10:00 larda noma’lum shaxs Rabotoxun MFYda joylashgan o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi yotoqxonasidan bir dona “Artel” rusumli televizor, bino oshxonasidan bir dona mikroto‘lqinli pech, uch dona har xil turdagi oshxona qozonlari hamda boshqa jihozlarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi, 22 yoshli S.D maktabgacha ta’lim muassasasi binosiga devordan oshib tushgan holda sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!