Bojxona institutining 149 nafar bitiruvchisiga diplom tantanali topshirildi 

Bojxona institutining 149 nafar bitiruvchisiga diplom tantanali topshirildi 

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida ushbu oliy o‘quv yurtini tugallayotgan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda bitiruvchilarni qutlar ekan, Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati bugungi bojxona avvalgisidan tubdan farq qilishini, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilgan faol islohotlar natijasida endi bojxona “chegarada darvoza qo‘riqchisi” emas, balki “to‘g‘ri yo‘lga chorlovchi”, tashqi savdoga ko‘makchi idora sifatida yangi imijda namoyon bo‘layotganini ta’kidladi.

Bojxona institutining 149 nafar bitiruvchisiga diplom tantanali topshirildi 

Shuningdek, tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Erkin Salixov va boshqalar ham bitiruvchilar qizg‘in muborakbod etishdi.

Tadbirda mehmonlar, ota-onalar va keng jamoatchiligi guvohligida bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi.

Xususan, 149 nafar bitiruvchilar orasida institutni imtiyozli diplom bilan tugallagan 13 nafar bitiruvchi yoshlarga diplomlarni shaxsan Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi topshirdi va ularga ulkan zafarlar tiladi.

Bojxona institutining 149 nafar bitiruvchisiga diplom tantanali topshirildi 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bojxona organlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini, yuksak kasbiy mahoratini rivojlantirish va takomillashtirishni ta’minlashning yagona tizimini tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Bojxona institutining 149 nafar bitiruvchisiga diplom tantanali topshirildi 

Bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari asosida ushbu oliy o‘quv yurtida tahsil olgan kursantlar endi bojxona xizmati leytenanti sifatida “Yangi O‘zbekistonning ertangi kun bojxonasi egasi” sifatida xizmatga kirishadilar.

Tantanali tadbir taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturiga ulanib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!