Bobur Yo‘ldoshevning qizi Nargiz Zokirovaning klipida suratga tushdi (foto)

Bobur Yo‘ldoshevning qizi Nargiz Zokirovaning klipida suratga tushdi (foto)

Nargiz Zokirova va Basta «Proshay, lyubimiy gorod» nomli taronaga videoklip suratga oldilar. Klipda bosh rollardan birini taniqli aktyor Bobur Yo‘ldoshevning qizi Iris Yo‘ldosheva ijro etgan.

Yosh aktrisa suratga olish jarayoni va taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Iris Yo‘ldosheva:

 

«Klipda ishtirok etishimga Javohir amakim (Javohir Zokirov) va ularning rafiqalari Shaxrizod Gulyam sabab bo‘ldilar. Mendan Moskvaga sinov uchun videolavha jo‘natishimni so‘radilar, men juda katta hayajonda edim va nima deyishni, nimani ko‘rsatishni bilmasdim. Men uchun bu katta hodisa edi. Klip uchun sochimni kesishdi.  Suratga olish jarayoni juda qiziqarli va yorqin o‘tdi. Bu men uchun bu sharaf».

Qo‘shiq matni va musiqasi Maksim Fadeevga tegishli bo‘lib, Nargiz prodyuserlik vazifasini bajargan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!