BMW X1 ning birinchi sinov yurishi avariya bilan tugadi (video)

BMW X1 ning birinchi sinov yurishi avariya bilan tugadi (video)

Xitoy janubidagi Guanchjou shahrida BMW X1 xaridori bo‘lgan ayol mashinani sinov haydashi vaqtida boshqaruvni eplay olmay krossoverda dilerlik markazining namoyish xonasiga kirib ketdi. Avtomobil oynavand devorni sindirdi va devorga urildi. Hodisa vaqtida hech kim jabrlanmagan. Bu haqda «Motor» xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol pedallarni adashtirib yuborgan va tormoz o‘rniga gazni keskin bosgan. U o‘z aybini tan olgan va yetkazilgan moddiy zararni to‘lashga rozi bo‘lgan. Zarar summasi esa sug‘urta kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqilishi kerak.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!