BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish O‘zbekistonga tabrik yo‘lladi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish O‘zbekistonga tabrik yo‘lladi

BMTning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish mamlakatimiz tomonidan 50 mingga yaqin shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilishiga oid qonunning imzolanganini qo‘llab-quvvatlagan va bu bilan O‘zbekistonni tabriklagan!

«Ilgari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni berish orqali O‘zbekiston har doim ham e’tirof etilmaydigan va zaif qatlam sifatida qaraladigan aholining sharoitini yaxshilash yo‘lida katta qadam tashladi», - deyiladi bayonotda.

BMT Bosh kotibi mazkur qonunni butun dunyoda 2024 yilga borib fuqarosizlikka to‘liq barham berish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlarga O‘zbekiston tomonidan qo‘shilgan katta hissa sifatida baholadi.

«Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha o‘n yillik harakatlarga o‘tish arafasida turgan bir paytimizda, ushbu voqea O‘zbekiston hech kimdan ortda qolmasligining qat’iy isboti bo‘ldi, deyishimiz mumkin», - deya yakunlangan BMT saytida e’lon qilingan bayonot deb yozmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!