Blinken Abening vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Yaponiyaga tashrif buyuradi

Blinken Abening vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Yaponiyaga tashrif buyuradi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening fojiali vafoti munosabati bilan Yaponiya yetakchilari va xalqiga hamdardlik bildirish uchun kelasi haftada Yaponiyaga tashrif buyuradi, deb xabar berdi AQSh Davlat departamenti.

“Kotib Blinken Tokioga borib, sobiq bosh vazir Sindzo Abe vafoti munosabati bilan yapon xalqiga hamdardlik bildiradi va Yaponiyaning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashadi”, — dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.

Diplomatning qayd etishicha, “AQSH-Yaponiya ittifoqi Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikning tamal toshi hisoblanadi va hech qachon bunday kuchli bo‘lmagan”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!