Bizga shikoyat yo‘llashdi: "CHET ELLIK “TADBIRKOR” MENI CHUV TUSHIRDI"

Bizga shikoyat yo‘llashdi: "CHET ELLIK “TADBIRKOR” MENI CHUV TUSHIRDI"

Tahririyatimizga Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Masjidi baland ko‘chasi 14-uyda yashovchi Zafar Fayziyev tomonidan shikoyat arizasi keldi. Unda quyidagicha bayon qilinadi:

“Men 2021 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasigahozirda meni qiynab kelayotgan bir muammo yuzasidan shikoyat qilgan edim. Bosh prokuraturaning N. Mansurov degan xodimi imzo qo‘ygan holda shikoyatimni qabul qilib olib, hozirgi kunga qadar javob bermayapti. Shikoyatimning qisqacha mazmuni shundan iboratki, men Eron Islom Respublikasining “SIBAR PJSC” kompaniyasining vakili, eron fuqarosi Issa Baxador bilan 2018 yil 6 avgust kuni menga tegishli bo‘lgan “KARIMJON FOOD TRADE” MCHJ o‘rtasida qurilish pudrat ishlarini amalga oshirish bo‘yicha 5 milliard 147 million 126 ming 746 so‘mlik shartnoma imzolagan edim. Ushbu shartnomaga asosan mening MCHJ im Buxoro viloyatidagi Olot tumanini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi 8 ta suv taqsimlash qurilmasini barpo etishda pudrat ishlarining asosiy qismini bajarishni o‘z zimmasiga olgan edi. Ushbu shartnoma asosida ish boshlab, ish hajmlarini bajarib turganimizni ko‘rib, Issa Baxador bizga nisbatan ishonch hosil qildi va 2018 yil 11-dekabrda ishda foydalanish uchun deb mendan 53 ming AQSh dollarini birga ishlaydigan A. R. Negmatovning guvohligida oldi. Issa Baxador meni aldaganini keyinchalik tushundim va bir necha marta pulimni qaytarishini so‘radim. Ammo u turli bahonalar bilan pulimni qaytarishdan bo‘yin tovladi. MCHJ tomonidan 4.718.341.095 so‘mlik ish hajmi bajarildi. Bajarilgan ishlar bo‘yicha akt-prosentovkalar tuzilib, ikki tomonlama rasmiylashtirildi va 2.926.004.650 so‘mlik kompaniya tomonidan MCHJ ning hisob raqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan to‘landi. Qolgan 1792336445 so‘m pul kompaniya tomonidan noma’lum sabablarga ko‘ra to‘lab berilmadi.

Shuningdek, shartnomadan tashqari 1756232718 so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lsada, kompaniya vakili Issa Baxador bu ishlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Men tomonimdan bir necha marta bajarilgan ishlarning haqini to‘lashni so‘rab kompaniyaga qilgan murojaatlarim afsuski, foyda bermadi. Bundan tashqari, MCHJ ga qarashli omborda hamda jami 8 ta qurilish uchastkalarida saqlanayotgan 648 518 000 so‘mlik qurilish materiallari eshiklardagi qulflar buzilib, mening ruxsatimsiz olib ketildi.

Kompaniya vakili Issa Baxador tomonidan menga yetkazilgan 53000 AQSh dollari va 648518000 so‘mlik qurilish materiallari pulini hamda 3 milliard 240 million 427 ming 665 so‘mlik bajarilgan qurilish ishlarining pulini undirib berilishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Shuningdek, Bosh prokuratura tomonidan shikoyatimga o‘z vakolati doirasida javob bermaslik holatini aniqlashda yordam berishingizni so‘rayman".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!