Birinchi marta ayol kishi dunyoning eng yaxshi qandolatchisi deb topildi

Birinchi marta ayol kishi dunyoning eng yaxshi qandolatchisi deb topildi

Dunyoning eng yaxshi restoranlari xalqaro birlashmasi Les Grandes Tables du Monde 2018 yildagi dunyoning eng yaxshi qandolatchisi nomini ma’lum qildi. Mukofotga birinchi marta ayol kishi munosib deb topildi. U Parijdagi Le Pré Catelan restoranining uchta Mishlen yulduziga ega bosh qandolatchisi Kristel Bryua bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Hakamlarning qayd etishicha, Kristel minglab kishilar orasida aniq individuallikni ko‘rsata olgan. U oshpazlarning butun bir avlodini ilhomlantirmoqda.

Bryuaning taniqli taomi sidrli karamel muzqaymoq va shakar ko‘pigi bilan to‘ldirilgan yashil olma shaklidagi desert hisoblanadi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!