Bir paytlar dunyoning eng og‘ir kishisi bo‘lgan meksikalik koronavirusni yengib o‘tdi

Bir paytlar dunyoning eng og‘ir kishisi bo‘lgan meksikalik koronavirusni yengib o‘tdi

Bir paytlar dunyodagi eng og‘ir vaznli odam bo‘lgan meksikalik Huan Pedro Franko koronavirusni yengib o‘tdi. Avvallari Franko 595 kg vaznga ega edi. Bu o‘rtacha kattalikdagi qutb ayig‘idan ham og‘irroq deganidir. Unga 2017 yilda Ginnesning dunyo rekordlari tomonidan dunyoning eng og‘ir kishisi sertifikati topshirilgan.

Lekin, bir necha yillik diyeta, jismoniy mashqlar va oshqozonni kichraytirish uchun qilingan jarrohlik amaliyoti tufayli Franko bir necha yuz kiloga ozishga erishdi. Ayni paytda u 208 kg tosh bosadi. Shunga qaramay, Frankodagi yuqori qon bosimi, doimiy o‘pka kasalligi va qand kasalligi uning koronavirus bilan bo‘lgan kurashini juda qiyin kechishiga olib keldi.

“Bu juda jiddiy kasallik. Men bosh og‘rig‘i, tana og‘rig‘i, nafas olishdagi qiyinchilik va isitmaga duch keldim. Men o‘lish xavfi yuqori bo‘lgan odam edim” deydi Franko.

Meksika ayni paytda dunyoda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Bu mamlakat bolalarning ortiqcha vaznga egaligi borasida jahonda birinchi o‘rinda, kattalarning semizligi bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Meksikada SOVID-19 sabab vafot etgan 74 ming kishining chorak qismi ortiqcha vazndan aziyat chekadiganlar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!