Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning supero‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (5-0, 4 KO) 24 iyul kuni professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda bokschining o‘zi GoSport.uz nashriga ma’lum qildi.

Shu maqsadda Bektemir Meliqo‘ziyev 28 iyun kuni Toshkent-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi charter reysdagi samolyotda AQShga uchib ketadi va o‘sha yerda mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

24 iyul kuni Oskar De La Xoyya rahbarligidagi Golden Boy promouterlik kompaniyasi muxlislarsiz o‘tadigan boks oqshomi tashkil etadi va unda Meliqo‘ziyev ham ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Hozircha Bektemirga kim raqib bo‘lishi aniq emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!