Bayrut fojiasi: Qurbonlar soni 171 nafarga yetdi 

Bayrut fojiasi: Qurbonlar soni 171 nafarga yetdi 

Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida vafot etganlar soni 171 nafarga yetdi. Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi axboroti asosida Sky News Arabia telekanali xabar bergan.

Bayrutda yana 30 nafar odam bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Besh ming nafardan ziyod kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Eslatib o‘tamiz, Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda 4 avgust kuni kuchli portlashlar yuz berdi. Mazkur hodisadan keyin Bayrutda ommaviy namoyishlar boshlandi va namoyishchilar mamlakat hukumatini iste’foga chiqishga chaqirdi. Ularning fikricha, aynan mamlakat rasmiylari portda ammoniy nitrati saqlanishi sharoitlarini ta’minlamagani sababli yuz bergan portlashlar uchun javobgar hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!