Baydenning shtab-kvartirasi Trampning COVID-19ga qarshi harakatlarini tanqid qiluvchi reklama uchun pul ajratdi

Baydenning shtab-kvartirasi Trampning COVID-19ga qarshi harakatlarini tanqid qiluvchi reklama uchun pul ajratdi

AQShning sobiq vise-prezidenti Jo Baydenning shtab-kvartirasida AQSh prezidenti Donald Trampning yangi turdagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan harakatlarini tanqid qilgan reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratildi.

Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Shtab-kvartiraning matbuot kotibi Jen O’Malli-Dillonning ta’kidlashicha, jami 280 million dollar ajratilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, reklama Bayden to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameraga qarab tomoshabinlarga murojaat qiladigan videolardan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, reklama roliklarda koronavirusdan keyingi davrdagi sog‘liqni saqlash muammolari va iqtisodiy mavzular ham ko‘tariladi.

Reklama AQShning 15 shtatiga tarqatiladi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!