"Bavariya" taslim bo‘ldi

"Bavariya" taslim bo‘ldi

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski yaqin orada "Barselona"ga ko‘chib o‘tadi.

Sport nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Bavariya" so‘nggi kunlarda polyakning agenti bilan olib borgan muzokaralardan so‘ng Levandovskini qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. Endi tez orada "Barselona" bilan hal qiluvchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun 33 yoshli Robert 2014 yilda myunxenliklar safiga Dortmundning "Borussiya" klubi safidan erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan edi. Uning shartnomasi 2023 yilning yozida nixoyasiga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!