Bavariya maktablarida islomiy darslar ko‘paytiriladi

Bavariya maktablarida islomiy darslar ko‘paytiriladi

2021 yilning kuzidan Germaniyaning Bavariya federal yeridagi ba’zi maktablarda islom dini darslari paydo bo‘ladi. Bu axloq qoidalari va diniy tadqiqotlar bilan bir qatorda majburiy fanlardan biri bo‘ladi, deb xabar bergan BR24 sayti.

Loyiha mavjud olti ming maktabning taxminan 350 tasida boshlanadi, deya viloyat hukumati qaror qilgan. Bu  maktablarning taxminan 6 foiziga ta’sir qiladi.

Bavariyada Islom darslari shu vaqtgacha fakultativ fan sifatida mavjud edi. Darslar maktab o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Ular Germaniya Konstitusiyasi va Bavariya asosiy qonunining "qadriyatlari ruhida" din haqida nemis tilida so‘zlab beradilar.

Madaniyat vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Bavariyada 160 mingdan ziyod musulmon maktab o‘quvchilari tahsil oladi, bu umumiy talabalar sonining 10 foizini tashkil qiladi.

Yangi fanning tarixi o‘nlab yillarga borib taqaladi. Bu turk tilini o‘rganish doirasidagi islomiy kursdan boshlangan. Keyinchalik mazkur kurs nemis tilida o‘qitildi. "Islomiy ta’lim" pilot loyihasi Bavariyada 2009 yilda paydo bo‘lgan va shu vaqtdan boshlab, nashr ta’kidlaganidek, doimiy ravishda kengayib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!