"Barselona" Ronaldinyoni Messi sabab sotib yuborgan?!

"Barselona" Ronaldinyoni Messi sabab sotib yuborgan?!

Belarus terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Ktaloniyaning "Barselona" klubiga o‘tishni xohlamagani va klubdagi muhit haqida gapirib o‘tdi.

"Men "Barselona"ga ko‘chib o‘tganimda, u yerda Anri bilan bir muddat birga yashadim. U menga "Xohlaganingcha turaver" deb aytgan. Lekin, u bilan yashash zerikarli edi. 1 oydan keyin o‘zim alohida chiqib ketganman.

Rostini aytsam dastlab "Barselona"ga o‘tishni xohlamaganman. Menda ikkita variant bor edi. "Bavariya"ga ko‘chib o‘tish yoki "Arsenal"da qolish. Pep Gvardiola menga qo‘ng‘iroq qilib, Kataloniyaga ko‘chib o‘tishimga ko‘ndirdi.

"Barselona"da muhit boshqacha edi. Bir kuni mashg‘ulotlarga Ronaldinyo va Deku masto holda keldi. Klub rahbariyati Messiga bu holat ta’sir qilishidan qo‘rqib, har ikkala futbolchini sotib yuborishga qaror qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!